Oqoltin tuman shaxsiy tarkibli xujjatlar davlat arxivida ustoz shogird an’anasi tamoyili asosida uchrashuv o’tkazildi.

Uncategorized

Joriy yilning 5 – iyun kuni 9 – iyun Xalqaro arxivchilar kuni munosabati bilan Oqoltin tuman shaxsiy tarkibli xujjatlar davlat arxivida ustoz shogird an’anasi to’g’risida uchrashuv tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda tuman arxivida bir necha yillar faoliyat yuritgan ko’pgina shogirdlar yetishtirgan hozirgi kunda nafaqada bo’lgan ustoz Mahanova Saliya Achilovna ishtirok etdi.

Uchrashuvda sohaga oid qiziqarli davra suhbatlari bo’lib o’tdi. O’zbekiston Veteran faxriylari birlashmasi tomonidan ustoz Mahanova Saliya Achilovnaga Vafo va Sadoqat uchun ko’krak nishoni topshirildi hamda arxiv tomonidan Faxriy yorliq hamda estalik sovg’alar berildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan